“Tracker"ning nosoz dvigateli yangisiga almashtirib berildi

10:18 01 Fevral 2021 Jamiyat
1088 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi F.F murojaat qildi. Unda Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro F.F xam 2020-yil dekabr oyida avtosalonga toʻlov amalga oshirib, yangi “Tracker” yoʻltanlamasini xarid qilgani, avtomobilni qabul qilib olganidan hech qancha vaqt oʻtmasidan dvigatelda nosozlik aniqlangani maʼlum qilingan.

Isteʼmolchi bu haqida avtosalon mutasaddilariga bildirib, avtoulovning dvigatelini yangisiga almashtirib berishlarini soʻraydi. Avtosalon xodimlari esa hozirda yangi dvigatel yoʻqligi, biroz kutishi kerakligi aytganligini taʼkidlagan.

Federatsiyaning Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan holat tezda oʻrganilishi natijasida nosoz dvigatel avtosalon tomonidan yangisiga almashtirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер