Tojikistonda koronavirusdan bir sutkada 6 kishi vafot etdi
Foto: asiaplustj.info/ru
Tojikistonda bir sutkada koronavirus yuqtirganlar soni 90 nafarga oshib, jami 612 kishini tashkil etmoqda. Kasallikdan vafot etganlar soni 6 nafarga oshib, jami 20 kishiga yetdi.
Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, mamlakatda 4 738 kishi kasalxonada boʻlib, oxirgi sutkada 420 kishi koronavirusdan gumonlanib kasalxonaga olingan.
Shuningdek, 522 kishiga kasalxonadan uyiga javob berilgan.
Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat 30-aprel kuni kuzatilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring