Toza ichimlik suvi taqchilligi yiliga 1,4 million kishining oʻlimiga sabab boʻlmoqda — JSST

12:18 05 Iyul 2023 Dunyo
559 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga koʻra, Yer yuzi aholisining yarmi hanuzgacha toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalaridan yetarli darajada foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Bu muammo yiliga kamida 1,4 million kishining oʻlimiga sabab boʻlmoqda. Xususan, xuddi shu omil tufayli kelib chiqqan diareya xastaliklari tufayli 2019-yilda 1 milliondan ortiq kishi hayotdan koʻz yumgan.

Ikkinchi oʻrinni shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqqan oʻtkir respirator infeksiyalar egallaydi. Bu esa oʻsha yili 356 ming kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.

Shuningdek, baʼzi mintaqalarda ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalari taqchilligi besh yoshgacha boʻlgan 395 ming nafar oʻgʻil-qizning vafotiga olib keldi.

Tahlillarga koʻra, qayd etilgan oʻlim holatlarining toʻrtdan uch qismi Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер