“Toyota” boʻylab ishlab chiqarishni 10 foizga qisqartiradi

23:23 13 Aprel 2022 Dunyo
1033 0

Arxiv surat

“Toyota Motor Corp.” avtomobil ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur boʻlmoqda.

“Nikkei Asia” agentligining kompaniya bayonotiga tayanib maʼlum qilishicha, may oyida “Toyota” konveyerlaridan rejalashtirilganidan 10 foizga kamroq, yaʼni qariyb 700 000 dona avtomobillar chiqadi

“Toyota” va uning shoʻba korxonasi “Lexus” Xitoyda yana koronavirus infeksiyasining avj olishi hamda Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli butlovchi qismlarning yetishmayotganidan ana shunday qarorga kelgan.

Ukraina atrofidagi vaziyat boshqa ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ham taʼsir qildi. Masalan, mart oyida Ukraina yetkazib beradigan elektr kabellarining taqchilligi bois Germaniyaning “BMW” va “Volkswagen” avtomobilsozlik kompaniyalari Yevropadagi zavodlari faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.

Mart oyi boshida “Toyota” Rossiyada avtomobil yigʻish, shuningdek, taʼminotdagi muammolar tufayli avtomobillar va butlovchi qismlar importini toʻxtatgan edi. Ammo kompaniya Rossiya bozorini tark etishi haqida maʼlum qilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер