“Toshshahartransxizmat” rahbari o‘zgardi
Valiyev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, Valiyev bunga qadar “US ATI” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.
Valiyev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).
2014-2017 yillarda - “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yilda - “AZIA ABM TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat boshlagandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring