Toshkentning uchta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

10:40 10 Aprel 2026 Jamiyat
217 0

Toshkent shahrining uchta tumanida gaz taʼminoti qisman uziladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.

Bugun (10-aprel) mutaxassislar rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini olib boradilar.

Shu munosabat bilan quyidagi joylarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi:

— Yangihayot tumanida, soat 11:00 dan 14:00 gacha: “Xushnud” mahallasi;

— Olmazor tumanida, soat 11:00 dan 16:00 gacha: “Miskin” mahallasi;

— Yunusobod tumanida, soat 11:00 dan 16:00 gacha: “Jomiy”, “Yangiariq”, “Turkqoʻrgʻon” va “Usta Shirin” mahallalari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер