Toshkentning uch tumanidagi minglab xonadonlarga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi

10:15 02 Iyul 2024 Jamiyat
360 0

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari hududlariga 2-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Sergeli tumani Bunyodkor va Yangi Bunyodkor MFYlari (soat 11:00 dan 17:00 gacha):

  • aholi isteʼmolchilari soni — 23 ta koʻp qavatli uylardagi 2328 ta xonadon;
  • ulgurji isteʼmolchilar soni — 6 ta.

Olmazor tumani Yangi Sebzor MFY (soat 10:00 dan 17:30 gacha):

  • aholi isteʼmolchilari soni — koʻp qavatli uydagi 108 ta xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni — 2 ta.

Mirobod tumani Oq uy MFY Eski otchopar koʻchasi (soat 10:00 dan 17:00 gacha):

  • aholi isteʼmolchilari soni — 42ta xonadon.

“Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер