Toshkentning Olmazor tumanida tez yordam mashinasi va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, YTH 4-fevral kuni soat 16:30 larda Nurafshon — Beruniy ko‘chalari chorrahasida 1982-yilda tug‘ilgan N.K. boshqaruvida bo‘lgan Ford rusumli tez yordam mashinasi hamda 1987-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 ishtirokida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va tez yordam mashinasining bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring