Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi
Toshkent shahrining uch tumanidagi ayrim hududlar vaqtincha tabiiy gaz taʼminotidan uziladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari tufayli bugun, 14-aprel kuni poytaxtning Shayxontohur, Yashnobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
• Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Charx Novza”, “Kamolon”, “Yangiobod”, “Zangiota” va “Samarqand darvoza” MFYlari.
• Yashnobod tumani (soat 13:00 dan 16:30 gacha) — “Maxtumquli”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Pahlavon Mahmud” koʻchalari hamda “22-harbiy shaharcha” koʻp qavatli uylari.
• Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Toshkent” va “Fayzli” MFYlari.
Taʼkidlanishicha, tabiiy gaz taʼminoti taʼmirlash ishlari yakunlangach qayta tiklanadi.
“Hududgaz poytaxt” gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring