Toshkentdan Sariosiyoga aviaqatnovlar boshlanadi
2025-yil 30-maydan boshlab Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ushbu yangi yoʻnalish poytaxt aholisi va mehmonlari uchun Sariosiyoga qulay va tezkor sayohat imkoniyatini yaratadi. Tabiiy goʻzalliklari, shifobaxsh havosi va sokin maskanlari bilan mashhur Sariosiyo soʻnggi yillarda ichki turizmning sevimli yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Silk Aviaʼning mazkur tashabbusi nafaqat fuqarolar uchun qulaylik yaratadi, balki Surxondaryo viloyatida turizm va mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring