Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytarildi
Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airways maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, HY-763 reysi boʻyicha Toshkent—Olmaota yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan Airbus 320 samolyoti Qozogʻiston hududida ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi sabab Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring