Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar qildi.
Qayd etilishicha, Nyu-Yorkka jadval boʻyicha soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgani sabab soat 07:35 da Toshkent aeroportiga qaytishga majbur boʻlgan.
Yoʻlovchi 1967-yilda tugʻilgan, Rossiya fuqarosi boʻlgan. U yerda kutib turgan tibbiy yordam mashinasi orqali tibbiy muassasaga joʻnatilgan.
HY101 reysi Toshkentdan mahalliy vaqt bilan 09:30 da qayta uchib ketgan, Nyu-Yorkka mahalliy vaqt bilan 12:30 da yetib borishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring