Toshkentdan Myunxenga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifalarida xabar berilgan.
Xabarda qayd qilinishicha, Germaniya megapolisiga 29 oktyabrdan boshlab parvozlar haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni 15 avgustdan boshlab rasmiy veb-saytda 3% chegirma bilan, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring