Toshkentdan Dubayga yoʻlga chiqqan samolyotlar ortga qaytmoqda
Birlashgan Arab Amirliklari havo hududi qisman yopilganligi sababli Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar joʻnash aeroportiga qaytmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha C6-351 reysi, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha HY-333 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytmoqda.
DW nashrining maʼlumotlariga koʻra, Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumi oqibatida yongʻin chiqqan. Parvozlar vaqtincha toʻxtatilgan.
Aniqlik kiritilishicha, dron bilan bogʻliq hodisa yonilgʻi rezervuarlaridan biriga zarar yetkazgan. Koʻp oʻtmay yongʻin nazoratga olingan.
Aeroportga olib boruvchi yoʻllar va tunnellarda harakat vaqtincha cheklangan, Emirates aviakompaniyasi Dubayga parvozlarni toʻxtatgan. Bir qator reyslar al-Maktum xalqaro aeroportiga yoʻnaltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring