Toshkentdan Chimyongacha pullik yoʻl qurilishi mumkin
Illyustrativ foto
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududida joylashgan Chimyon dam olish maskaniga qadar pullik yoʻl qurilishi mumkin. Poytaxt hokimligida Xitoyning China Railway 14th Bureau Group Co Ltd kompaniyasi boʻlgan uchrashuvda mazkur masala muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Toshkentdan Qozogʻistonning Chimkent viloyati chegarasigacha boʻlgan yoʻlning ham pullik qilish boʻyicha masala koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, uchrashuv qatnashchilari qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kurslar ochish tashabbusini koʻrib chiqishdi. Uchrashuv yakunida Xitoy uslubi boʻyicha taʼlim berishga bazaviy maydonchalar sifatida toʻrtta professional kollej tanlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring