Toshkentdagi Vestminster xalqaro maktabi oʻquvchilari Senat faoliyati bilan tanishdi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev va senator Gulnora Maʼrufova Toshkentdagi Vestminster xalqaro maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.
Tadbir 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan yoshlarga qonun ustuvorligi va davlatchilik anʼanalari ahamiyatini keng tushuntirish maqsadida uyushtirildi.
Yoshlarga Senatning tuzilmasi, vakolatlari, faoliyat yoʻnalishlari hamda parlamentning mamlakat siyosiy hayotidagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi.
Oʻquvchilar senatorlar bilan bevosita muloqot qilib, parlament yuqori palatasidagi ish jarayonlari, qonun ijodkorligi amaliyoti, Senat qarorlarining qabul qilinishidagi bosqichlar bilan tanishdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring