Toshkentdagi uyda yuz bergan chaqnash oqibatida bir bola halok boʻldi

07:30 02 Mart 2025 Jamiyat
370 0

Videodan kadr

Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida gaz chaqnashi sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt hokimligi hodisada bir bola vafot etganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea oqibatida bir necha kishi, jumladan, ikki nafar bola jarohat olgan. Afsuski, ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi, ikkinchisi hozirda shifokorlar nazorati ostida.

“Barcha jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi”, deyiladi qoʻshimcha maʼlumotda.

Gaz chaqnashi bilan bogʻliq ushbu hodisa haqida batafsil

Kecha, 1-mart kuni soat 15:23 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 mavzesida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borganida, 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda gaz chaqnashi ortidan yongʻin kelib chiqqani aniqlangan, alanga soat 16:07 oʻchirilgan.

FVBga koʻra, chaqnash yuz bergan xonadondan 6 nafar fuqaro qutqarilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.

Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlaridan tashqari, FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari ham yetib borgan.

Holat yuzasidan berilgan birlamchi maʼlumotlarga qaraganda, yongʻin sodir boʻlgan xonadonda fuqaro, oshxonada gaz plitasini yoqish orqali oʻz joniga qasd qilishga uringani, natijada gaz havo aralashmasi chaqnashi tufayli yongʻin kelib chiqqani va ushbu fuqaro 9-qavatdan oʻzini pastga tashlab halok boʻlgani aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер