Toshkentdagi savdo majmuasida yongʻin yuz berdi

10:51 10 Mart 2025 Jamiyat
211 0

Foto: FVV

Toshkent shahridagi savdo majmualaridan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 10-mart kuni soat 01:20 da poytaxt FVBga Yunusobod tumani Matbuotchilar koʻchasida joylashgan savdo majmualarining birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, alangani 01:35 toʻliq oʻchirgan.

“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi FVB xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер