Toshkentdagi qurilish obyektida yongʻin yuz berdi

13:37 22 May 2025 Jamiyat
202 0

Foto: FVB

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan qurilish obyektida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Yashnobod tumani Ohangaron shoh koʻchasida yangi qurilayotgan koʻp qavatli binoning 11-qavatida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 12:51 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:19 da alangani qurshab olgan. Oradan 24 daqiqa oʻtib esa toʻliq oʻchirilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

“Vaziyat toʻliq nazoratga olingan”, deb yozadi boshqarma axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер