Toshkentdagi oshxonalardan birida yongʻin yuz berdi
Foto: FVV
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan oshxonalardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-noyabr kuni soat 01:26 da Chilonzor tumanining Qatortol koʻchasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasi binosida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, soat 01:45 da yongʻinni qurshab olgan va 01:48 da toʻliq oʻchirgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring