Toshkentdagi maktablardan birida oʻquvchi va oʻqituvchilarga bosim oʻtkazilganligi rostmi?
Foto: IIV matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida joylashgan oʻrta maktabda fuqarolar tomonidan oʻquvchi va oʻqituvchilarga bosim oʻtkazilganligi haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 331-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari 2005-yilda tugʻilganlar Q.B. va Ya.S.larga maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari F.Nasrullayeva tomonidan, darslarga kechga qolib, maktabning ichki tartibini muntazam buzib kelishlari va xulqini yomonligi uchun tanbeh berilgan.
Oʻquvchilarning birini onasi 1984-yilda tugʻilgan U.D. maktabga yetib kelib, oʻgʻliga tanbeh bergan oʻqituvchini ayblab, janjal koʻtargan.
Chaqiruvga koʻra voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB Post-patrul xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv oʻtkazilayotgan vaqtda holatga 1985-yilda tugʻilgan M.A. aralashib, oʻquvchilardan biri Q.B.ni yuziga tarsaki tushirgan.
Holat yuzasidan fuqaro D.K.ga (oʻquvchining onasi) Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda M.A.ga nisbatan 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, oʻrnatilgan tartibda javobgarlik belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring