Toshkentdagi korxonada yongʻin sodir boʻldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan sexda yongʻin yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 12-may kuni soat 18:18 da Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani Jasorat koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida hududidagi chiqindi saqlash joyida yongʻin sodir boʻlgan.
Hodisa yuzasidan poytaxt FVBga xabar berilgach, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:25 da yetib borib, 18:41 da alangani qurshab olgan va 18:49 da batamom oʻchirgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring