Toshkentdagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan koʻp qavatli binodagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22-iyun kuni soat 13:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Koʻkcha 1-tor koʻchasida joylashgan, koʻp qavatli uydagi xonadonlarning birida, yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:09 da yetib borib, soat 13:12 alangani bartaraf qilgan.
Keltirilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring