Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopiladi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ertaga, 25-iyun soat 00:00 dan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasida transport vositalari harakati joriy yilning 25-iyun soat 24:00 dan 1-iyul kuniga qadar toʻxtatiladi.

Yoʻlning yopiladigan qismi: Temur Malik-Parkent-Maxtumquli koʻchalari aylanma harakatidan , TXAY-Ohangaron shoh koʻchalari aylanma harakatigacha boʻlgan qismi.
Tegishli tashkilot yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan va haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, Bektemir shoh koʻchasi, Fargʻona yoʻli koʻchasi, Maxtumquli koʻchasi, va Yangi Oʻzbekiston koʻchalaridan harakatlanishlari tavsiya qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring