Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi

08:52 04 Dekabr 2024 Jamiyat
329 0

Foto: Sanepidqoʻmita

Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit kasalligi aniqlandi. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 3-dekabr kuni Sanepidemqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida virusli gepatit kasalligi aniqlangani sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati oʻtkazilgan.

Surishtiruv davomida:

  • oʻquvchilar va ishchi xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtganlik xulosalari;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
  • maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
  • isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilgani;
  • hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilingani hamda qoʻl yuvish moslamalari va oqova suv tizimining soz holatdaligi toʻliq oʻrganilib, tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер