Toshkentdagi doʻkonlardan birida yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan doʻkonlardan biri yonib ketdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-aprel kuni soat 07:44 da Olmazor tumani Saqichmon koʻchasida joylashgan doʻkonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yongʻin soat 07:57 da oʻchirilgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring