Toshkentdagi AYoQShlarda nostandart avtobenzin sotilayotgani aniqlandi

08:06 04 Noyabr 2024 Jamiyat
325 0

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

Toshkent shahridagi 3 ta AYoQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MChJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-80 va AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MCHJga qarashli AYoQShda ham neft mahsuloti sifatsiz ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер