Toshkentdagi asosiy koʻchalardan biri yopiladi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtinchaga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kichik halqa avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli, Beshqayragʻoch koʻchasidan Foziltepa koʻchasigacha boʻlgan yoʻl qismida 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi.

“Haydovchilardan yoʻnalishni oldindan rejalashtirishlarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring