Toshkentdagi ayrim koʻchalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli koʻchalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi.
Qayd etilishicha, bugun, 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli koʻchalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Shu sababli bilan quyidagi cheklovlar amal qiladi:
- Bratislava yoki Glinka koʻchalari yoʻnalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada toʻgʻriga va chapga oʻtish yopiladi, faqat oʻngga burilish mumkin;
- Shota Rustaveli koʻchasi yoʻnalishida chorraha orqali faqat toʻgʻriga va oʻngga harakatlanish mumkin.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!” deb yozadi hokimlik axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring