Toshkentda joylashgan “bogʻcha”dagi dahshat. Millionlab pulni oʻzlashtirgan jinoiy guruh fosh boʻldi

15:05 20 Sentyabr 2018 Jamiyat
4584 0

Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 197-maktabgacha taʼlim muassasasida olib borilgan tekshiruvlar jarayonida yirik qoidabuzarliklar aniqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bolalar bogʻchasida audit ishlari boʻyoq olib kelish talab qilingani haqidagi shikoyat kelib tushgandan soʻng oʻtkazilgandi. MTM mudirasi xonasida Vazirlik auditorlarini oʻzini metodist deb tanishtirgan ayol kutib oldi. Tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan ayol, aslida amaldagi mudiraning onasi ekanligini tan oldi va bu yerda ishlamasligini aytdi. Keyingi tergovlar shuni koʻrsatdiki, avvallari jinoiy javobgarlikka tortilgan bu ayol aslida MTMning pul oqimlarini shaxsan oʻzi nazorat qilganligi aniqladi.

Oʻtkazilgan tekshirish ishlari misli koʻrilmagan miqyosdagi oʻgʻrilik va poraxoʻrlikka yoʻl qoʻyilganligini koʻrsatdi. Amaldagi mudiraning onasi uzoq yillar davomida daxlsizlik va jazosiz qolishga odatlangan ekan. U MTV auditorlariga doʻq-poʻpisalar qilib, jismoniy putur yetkazish tahdidi bilan MTMga tegishli hujjat va maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi. Tekshirish ishlari ota-onalar tez-tez soʻraydigan savollarga javoblarni aniqlab berdi.

Nima uchun farzandlarimizni yaxshi ovqatlantirishmaydi?

Auditorlik ishlari oʻtkazilgan kuni menyu uchun ishlatilishi lozim boʻlgan 56,2 kg goʻsht ombordan olingan, ammo u qozonlargacha yetib bormagan. Ajratilgan mahsulotning oʻrniga bir kun avval qaynatilgan 8,98 kg goʻsht topildi. Bolalar yangi mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qilishlari lozim. Keyinchalik aniqlanishicha, amaldagi mudiraning onasi har kuni goʻshtning yarmini oʻzi uchun olib qoʻyar ekan. Bundan tashqari, MTV auditorlari “navbatchi goʻsht“ deya talqin qilinadigan goʻshtni topdilar, bunday goʻsht odatda komissiya vakillari va tekshiruvchilarga namoyish qilish uchun saqlanadi. Muassasa tez-tez va oshkor tekshirishlar obyekti ekanini tushunib, MTM xodimlari eski goʻshtni chiqindilar idishiga solib, hujjatlarni yashirish uchun Maxsustrans mashinasini chaqirishgan.

Nima uchun ota-onalar topshiradigan toʻlovlarning hajmi katta?

2018 yil yanvaridan boshlab 197-sonli MTMda ota-onalari 180 dan 280 ming soʻmga teng toʻlovlarni amalga oshirib kelayotgan ekan. Shu oʻrinda eslatish joizki, amaldagi tariflarga koʻra, MTMga bir oylik toʻlov miqdori 155 ming soʻmga teng. Bundan tashqari, ushbu MTMda muassasani moddiy quvvatlash jamgʻarmasiga har bir bola uchun qoʻshimcha ravishda kuniga oʻrtacha 25 ming soʻmlik toʻlov amalga oshirib kelingan ekan. Qonuniy hujjatlarda belgilanmagan barcha toʻlovlar kassaga tushmagan. 197-sonli MTMda noqonuniy daromad olishning yana bir manbasi sifatida uchta tijorat guruhlarining mavjudligi aniqlandi, bu esa ushbu MTMga har bir boladan qoʻshimcha 125 ming soʻmdan daromad olib kelgan. Tijorat guruhlaridan olingan oʻrtacha oylik daromadi 10 mln. soʻmni tashkil etgan.

Maktabgacha taʼlim muassasasiga bolani joylashtirishda “kelishib olish“ mumkinmi?

MTV auditorlari tekshirish chogʻida 197-sonli MTMga 12 nafar bola yoʻllanmasiz qatnayotganini aniqladilar. MTM xodimlari roʻyxatga kiritilmagan jajji bolakaylarni tekshirish vaqtida eshigi tashqaridan qulflanadigan omborxonaga yashirib qoʻygan. Bu bolalarning ota-onalari bogʻcha toʻlovini naqd pulda amalga oshirib kelgan.

MTMda kadrlar bilan bogʻliq muammolarning sababi nima?

Xodimlarning yetishmasligi bilan bogʻliq vaziyatda 197-sonli MTM jamoasi tarkibida “yoʻq odamlar” topilgan.

Tarbiyachilar, hamshiralar va farroshlar sifatida roʻyxatga olingan odamlar aslida ushbu muassasada ishlamagan. Biroq, bir necha guruhlar tarbiyachilarsiz faoliyat olib borar, va bolalar yordamchilar nazorati ostida boʻlgan. Asossiz toʻlangan oylik maoshning hajmi 2015-2018 yillar oraligʻida 61 mln soʻmni tashkil etdi.

Tekshiruvdan soʻng 197-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari oʻz lavozimidan ozod etildi. Biroq, telefon orqali tushayotgan tahdidlar davom etayotganligi sababli ushbu muassasada yangi ishchilar koʻp ushlanib qolishdan bosh tortmoqda. Ayni paytda ushbu MTMga rahbarlik qilish taklifni 3 kishi rad etgan.

Auditorlik materiallari tuman va Bosh prokuraturaga joʻnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер