Toshkentda jamoat transporti harakati oraligʻi ikki barobarga qisqartiriladi
Toshkentda jamoat transporti qatnovi oraligʻi ikki barobarga qisqartiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shahar jamoat transportida xususiy sektorning ulushi ikki barobar ortadi. Shuningdek, ular velosiped ijarasini tashkil qiladi va aqlli chorraha, aqlli avtobus va aqlli toʻxtash tizimlarini joriy qiladi.
Jamoat transportining harakat tarkibi zamonaviy ekologik toza avtobuslar, jumladan, elektrobuslar bilan yangilanadi.
Hukumat qarori bilan Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi:
yoʻlovchi tashish hajmida jamoat transportining ulushi 21 foizdan 43 foizga oshadi;
jamoat transportining kunlik yoʻlovchi tashish hajmi 2,7 million yoʻlovchiga yetkaziladi;
jamoat transportida vaqt oraligʻi ikki barobarga qisqartiriladi;
1063 ta avtobus va 673 ta elektrobus sotib olinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring