Toshkentda yuk tashish karasi yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Olmazor tumanida yuk tashish karasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 24-aprel kuni soat 16:54 da Olmazor tumani Chuqursoy koʻchasida joylashgan obyekt hududida yuk tashish karasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 17:01 da yetib borib, 17:13 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
FVBga koʻra, hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring