Toshkentda “Yashil shahar” kuni oʻtkaziladi
9-noyabr kuni poytaxtimizda “Yashil shahar” kuni oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shahar hokimligi barcha tashkilotlar, korxonalar hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qoʻshilishga chorladi.
“Daraxtlarni oʻzingiz xohlagan joyda — uyingiz hovlisida, korxona hududida yoki hokimlikka murojaat qilib, boshqa tavsiya etilgan maqbul joylarda ekishingiz mumkin.
Poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar oʻrniga 2 yoshdan katta koʻchatlarni ekishni va sugʻorish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etishadi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring