Toshkentda yangi qurilayotgan uylarning narxi oshdi

07:51 12 Aprel 2022 Jamiyat
991 0

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, birlamchi bozordagi poytaxtdagi uylarning kvadrat metri uchun toʻlanadigan narx oshgan. Unga koʻra, Toshkentda yangi uylarning bir kvadrat metri oʻrtacha 9 foizga oshib, 8 mln 963 ming soʻmni tashkil qilmoqda. Ushbu holatning aksi esa Sirdaryoda kuzatilgan. U yerda uylarning narxi 11 foizga arzonlab, 2 mln 872 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Xabarga koʻra, narx oshishiga sabab boʻlgan omillardan biri bu qurilish mollari narxi oshganidir. Qolaversa, ikkilamchi uylarga ipoteka kreditining toʻxtatilishi ham birlamchi uylarga boʻlgan talabni oshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер