Toshkentda yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi

16:45 20 Iyul 2024 Jamiyat
415 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahrida yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB hodisa haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 13:33 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Katta Olmos koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:57 da alangani oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.

Qayd etilishicha, sodir boʻlgan yongʻin natijasida, aytilgan manzilda binoning birinchi qavatida, qurilish mahsulotlari yongan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер