Toshkentda vaqtincha saqlovga topshirilgan dori vositalarini sotgan MCHJ rahbari sheriklari bilan ushlandi

13:11 27 Fevral 2022 Jamiyat
1161 0

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. 1 616 dona “Heparin Sodium Injection” va 384 dona “Geparin” nomli dori vositalarini fuqaro Sh.ga 40 mln soʻmga oʻtkazish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuvlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, M.M. ushbu dori vositalarini fuqaro S.J.dan olganligi, S.J. esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalil sifatida olingan tovarlarni vaqtincha saqlovga topshiradigan “M.B.» MCHJ rahbari A.T. bilan 36 mln soʻmga kelishib omborxonadan olib chiqib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) hamda 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер