Toshkentda ustunga borib urilgan “Spark” avtomobili yonib ketdi

23:50 08 Dekabr 2021 Jamiyat
1444 0

Toshkentda ustunga urilgan “Spark” avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 7-dekabr kuni soat 19:40 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanida 1990-yilda tugʻilgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, ustunga borib urilgan, natijada avtomobil yonib ketgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan oʻchirildi. Hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер