Toshkentda urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliygoh faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

18:35 14 Aprel 2026 Siyosat
216 0

Fevral oyida Prezidentimiz kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.

Mutasaddilarga mazkur yoʻnalishda arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish topshirildi. Bunday kreativ parklarni hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash vazifasi qoʻyildi.

Bundan tashqari, Toshkentda yangi oʻquv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, oʻzini oʻzi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu yerda oʻrta boʻgʻin kadrlari uchun texnikum ham boʻladi.

Yigʻilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер