Toshkentda uchta mashina ikki koʻcha kesishmasida toʻqnashdi
Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida uchta mashina toʻqnashdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuv 20-oktyabr kuni soat 11:30 da Shariobod-Zafar Diyor koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan. Unda “Cobalt” va ikkita “Lacetti” avtomashinalari toʻqnashgan.
Voqea natijasida mashinalardan birining yoʻlovchisi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring