Toshkentda “Tracker” va skuter ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent shahrida “Tracker” va skuter ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat bugun, 30-oktyabr kuni soat 12:30 larda Yashnobod tumani Mustaqillik koʻchasida sodir boʻlgan. Unda 1987-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Tracker” va 1999-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan skuter toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida skuter haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring