Toshkentda «Tesla» hamda «Lacetti» ishtirokida YTH sodir boʻldi

10:58 06 May 2024 Jamiyat
314 0

Foto: Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida «Tesla» hamda «Lacetti» avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 5-may kuni soat 12:50 larda Chilonzor tumani Furqat koʻchasida 35 yoshli О.Т. boshqaruvida boʻlgan «Tesla» rusumli avtomashina va 28 yoshli Х.А. boshqaruvida boʻlgan «Lacetti» rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер