Toshkentda taqiqdagi yerni 9 mln dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahrida yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan ayollarning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan 73 yoshli ayol oʻzining 44 yoshli tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSH dollariga sotishga kelishgan
Ular mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, yerni turar joy toifasiga oʻtkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring