Toshkentda “Spark” metroga tushib ketdi
Foto: Халқ сўзи
Taʼkidlanishicha, 26-fevral soat 23:20 lar atrofida, Toshkent metropolitenining “Shahriston” metro bekatidagi chorrahaga yaqin qismida “Spark” avtomashinasini boshqarib kelayotgan fuqaro boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida, metroning kirish qismiga tushib ketgan. Qayd etilishicha, voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgan va jabrlanuvchilar tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
“Holat yuzasidan batafsil maʼlumotni dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga yetgach maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring