Toshkentda sobiq yotoqxonadagi xonadon yonib ketdi
Kecha, 6-avgust kuni soat 18:59 da Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “Beshkapa” MFY Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xonadonlarining birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVB xabar berdi.
Unga koʻra, yongʻinga soat 19:06 da yetib borilib, soat 19:25 da oʻchirilgan.
Yongʻinni bartaraf etishga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yongʻin-qutqaruv otryadi boʻlinmasi jalb etilgan.
Yongʻin natijasida 15 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan. Yongʻin oʻchirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring