Toshkentda qarzdor ota 2,4 mlrd soʻm alimentni oldindan toʻlab berdi
Foto: Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati
Toshkent shahri Uchtepa tumanida qarzdor ota 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablagʻlarini oldindan toʻlab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, sud qaroriga asosan Sh.J.dan farzandlari taʼminoti uchun ish haqi va daromadlarining yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan. Ijro jarayonida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulk topilmagan.
Shundan soʻng Sh.J. voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar alimentni oldindan toʻlab berish istagini bildirgan. Hisob-kitoblarga koʻra, 2025-yil avgustidan 2041-yil apreligacha boʻlgan muddat uchun jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 soʻm aliment puli hisoblangan.
Qarzdor ushbu mablagʻni uy koʻrinishida undiruvchi Sh.D.ga toʻlab berdi. Undiruvchining roziligi asosida ijro ishi yakunlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring