Toshkentda Oʻzbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

19:18 12 Oktyabr 2023 Siyosat
610 0

2023-yil 12-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yovita Nelyupshene bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Litva kun tartibidagi keng koʻlamli masalalar muhokama qilinib, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrish va siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Muzokaralarda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер