Toshkentda Oʻzbekiston meva-sabzavot sanoati vakillarining I Forumi tashkil etildi
Foto: Illustrativ foto
Toshkentda ilm-fan va biznesning oʻzaro hamkorligi boʻyicha amalga oshiriladigan reja dasturlar boʻyicha Oʻzbekiston meva-sabzavot sanoati vakillarining I Forumi tashkil etildi.
Oʻzbekistonda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin, ularning bor-yoʻgʻi 1,5 million tonnasi eksport qilinadi.
2021-yil Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro savdosidagi juda muhim va uzoq kutilgan tendensiya qayd etilgan boʻlib, muzlatilgan sabzavot va mevalar eksporti hajmi 2020-yilga nisbatan ikki barobardan ziyodroq oshgan. Bundan tashqari, muzlatilgan mevalar eksporti tarkibida yuqoriroq narx toifasidagi mahsulotlar tomon siljish kuzatildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 9,3 million dollarlik 12,1 ming tonna muzlatilgan sabzavot eksport qilgan. Bu 2020-yilga nisbatan jismoniy jihatdan 2 barobar, eksport tushumlari boʻyicha esa 2,3 barobar koʻp koʻrsatkich hisoblanadi.
Muzlatilgan mevalar esa, ushbu toifadagi mahsulotlar eksporti hajmi 7,6 million dollarlik 5,8 ming tonnani tashkil etgan, bu esa oʻtgan yilga nisbatan jismoniy jihatdan 2,1 barobar, tushum miqdori boʻyicha esa 2020-yilgi koʻrsatkichlardan 2,5 barobar koʻp deganidir.
Hukumat tomonidan 2030-yilgacha belgilangan “Rivojlanish strategiyasi” doirasida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilishda meva-sabzavotchilik Assotsiatsiyalari, ilm-fan va biznesning oʻzaro hamkorligi boʻyicha amalga oshiriladigan reja dasturlar boʻyicha Oʻzbekiston meva-sabzavot sanoati vakillarining I Forumi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi komissiyasi koʻmagida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Annexure FS va Kleffmann kompaniyalari forumda ishtirok etishi belgilangan.
Forumda xalqaro ekspertlar, maslahatchilar, tegishli assotsiatsiyalar, korxonalar, idora va tashkilotlar vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur Forum “Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilik marketingi boʻyicha texnik koʻmak” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Forum Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va biznes tuzilmalar oʻrtasida tajriba almashish uchun oʻziga xos platforma boʻlib xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring