Toshkentda omborxona mudiri oʻgʻirlikka qoʻl urdi

12:02 04 Iyul 2020 Jamiyat
729 0

Mirobod tumani Yangizamon koʻchasida joylashgan MCHJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R., korxona tomonidan 2019-yil 1-oktyabr kunidan 2020-yilning 1-iyun kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, rangli metall – «Latun»dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116 801 993 soʻmlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda oʻgʻirlab, ularni sotib pullarni oʻz ehtiyojiga sarflagan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan X.R.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandida (juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi boʻyicha jami zararning 90 000 000 soʻmi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер