Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

03:25 03 Sentyabr 2024 Jamiyat
428 0

Foto: YHXB

Toshkent shahar Sergeli tumanida “Nexia-3” toʻxtab turgan “Damas”ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. “Nexia-3” avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan “Damas” bilan toʻqnashgan

Foto: YHXB

YTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер