Toshkentda MGIMO filiali binosi rasman ochildi
Ochilish marosimida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, MGIMO rektori Anatoliy Torkunov, respublika vazirlik va idoralari vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim oʻtgan yilning oktyabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chogʻida imzolangan edi.
MGIMO joriy yilning sentyabr oyidan institut filialida “Biznes-axborot” hamda “Huquq” yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish boshlagan. Oʻqish jarayoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring